Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
68
7
Sayt test rejimida ishlamoqda...

332025-06-17 19:45

Oftobru mahallasida yashovchi aholi “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi samarasidan bahramand bo'lishmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan eng og'ir ahvoldagi mahallalar ruyixati shakllantirilgan bo'lib, mazkur mahallalarga aholi turmush sharoitini yaxshilash va infratuzilmasini yaxshilashga oid amaliy kumak berilishi belgilangan. 2024-2025 yillarda mazkur mahallalarda tomorqa yerlarini sug'orishni yo'lga qo'yish yoki ularda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini ta'minlash, internet sifatini oshirish, ichki yo'llarni ta'mirlash va boshqa infratuzilmani yaxshilash ko'rsatib o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish ham belgilangan. Tumanimizdagi Oftobru mahallasi ham og'ir toifadagi mahallalar ruyixatiga kiritilgan bo'lib, qarorda ko'rsatilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun ushbu mahallaga Farg'ona viloyati sport boshqarmasi biriktirilgan.

Qarorga muvofiq, Oftobru mahalla fuqarolar yig'ini hududida 2 milliard 375 million 700 ming so'm mablag evaziga 5 kilometr sug'orish tarmog'ini rekonstrutsiya qilish (kanal betonlashtirish), 2 dona sug'orish qudug'i qurish, 13 ta tayanch beton ustuni o'rnatish, 2 dona transformator va 450 metr yulni asfaltlashtirish belgilangan.

Bugun tuman hokimi birinchi o'rinbosari Ilhomjon Tojiboyev va viloyat sport boshqarmasi vakillari ishtirokidagi ishchi guruh mazkur mahallada bo'lib, amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirishdi. Mahalla yettiligi va fuqarolar bilan suhbatda aholini qiynayotgan dolzarb muammolar ham o'rganildi.

Aytish lozimki, qarorda ko'rsatilgan mahallada tik quduq qurish ishlari oxiriga yetkazilgan va ayni kunda mazkur quduqning suvidan mahallaning yaqin 1 000 nafar fuqarolari ekin yer maydonlarini sug'orish maqsadida foydalanishmoqda. Qarordan joy olgan boshqa ishlarning qurilishi davom etmoqda va mazkur ishlarning sifatli etib bajarilishi qattiq nazortga olingan.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz