Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi

Maktab o‘quvchilarining yozgi ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularni vatanparvarlik, ma’naviy va ma’rifiy qadriyatlar asosida tarbiyalash maqsadida Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Loyiha doirasida o‘quvchilar ishtirokida kitobxonlik soatlari, ijodiy uchrashuvlar, sport musobaqalari, milliy urf-odatlarimizga bag‘ishlangan ochiq darslar hamda ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilmoqda. Bu orqali yosh avlodning dunyoqarashi, ma’naviy yetukligi va ijtimoiy faolligi oshirilmoqda.
Bugun tumandagi “Istirohat bog‘i”da loyiha ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman prokurori Rashidbek Mehmonov hamda soha rahbarlari ishtirok etdi.
Tuman hokimi o‘z so‘zida ushbu loyiha o‘quvchilarning ta’til davrini nafaqat mazmunli, balki tarbiyaviy jihatdan ham boy tashkil etishga qaratilganini ta’kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi


Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishtonda pilla yetishtirish rejasi 100 foizdan ortiq bajarildi