Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi

Rishton tumani Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov boshchiligida mahalla aholisi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda tuman hokimligi vakillari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Rishton tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda tuman kengashi deputatlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul avvalida tuman hokimi so‘z olib, tuman miqyosida, ayniqsa Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inida davlatimiz rahbari e’tibori asosida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari fuqarolar manfaatini ko‘zlab olib borilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, bu jarayonda har bir fuqaro faol ishtirok etishi va befarq bo‘lmasligi lozimligini qayd etdi.
Mahalla yettiligi faoliyatiga to‘xtalgan tuman hokimi ularning ish rejasidagi birinchi vazifa xalq muammolari bilan ishlash hamda davlat siyosatini xalqga to‘laqonli yetkazish ekanligini ta’kidladi.
Tadbir davomida mahalla fuqarolari tuman hokimi va mas’ullarga davolanish, suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash, elektr energiyasi ta’minotiga oid muammolar yuzasidan murojaatlar bildirdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda tuman hokimi tomonidan korxona va tashkilotlar rahbarlariga har bir murojaatni joyida o‘rganib chiqish hamda bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi. Mahalla yettiligiga ham tegishli vazifalar yuklatildi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Риштонда “Уч авлод учрашуви” ташкил этилди


Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishtonda pilla yetishtirish rejasi 100 foizdan ortiq bajarildi

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi