Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
61
6
Sayt test rejimida ishlamoqda...

522025-06-04 14:25

Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Shu munosabat bilan “Sohibi Hidoya” ziyoratgohida jonliq so‘yilib, ehsonlik tadbiri tashkillandi.

Tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman rahbarlari, otryadlar boshliqlari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi tashkilotlar rahbar va mutaxassislari ishtirokida hosilga baraka tilab duo qilindi va o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi.

Ta’kidlanganidek, tumanda g‘allachilikda yaxshi tajriba yaratilganligi mo‘l hosil olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mirishkorlar joriy yilda ham g‘alla parvarishini belgilangan agrotexnik tadbirlar asosida olib bordi. Hududlarda o‘rim-yig‘im mavsumiga tayyorgarlik uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Joriy yil hosili uchun Rishton tumanidagi 230 ta fermer xo‘jaliklarining 7 ming 400 gektar maydonida boshoqli don parvarishlandi. Mavsum davomida fermer xo‘jaliklari tomonidan davlat xaridlari uchun 21 ming tonna don yetkazib berish rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz