Rishtonda pilla yetishtirish rejasi 100 foizdan ortiq bajarildi

Rishton tumani mirishkorlari joriy yil pilla yetishtirish bo‘yicha shartnomaviy rejani yuksak mas’uliyat va tashabbus bilan amalga oshirib, viloyatdagi ilg‘or tumanlar qatoridan joy oldilar.
2025 yilgi hosil uchun tumanda 138 tonna tirik pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan edi. Aniq natijalarga ko‘ra, amalda 138 tonnadan ortiq pilla yetishtirilib, rejani bajarish darajasi 100,2 foizni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich viloyatda eng yuqori natijalar qatorida qayd etildi.
Hozirgi kunda tumanda 4 ta markazlashtirilgan hududda jami 1200 ta xonadon va dala shiyponlarida pilla parvarishlanib, muvaffaqiyatli natijalarga erishildi.
Bu yili tumanda jami 2292 quti ipak qurti boqildi. Qishloq xo‘jaligining ushbu nozik va yuksak mas’uliyat talab qiluvchi yo‘nalishiga 6000 nafardan ziyod kishi jalb etildi. Shu orqali pillakorlar nafaqat daromad, balki bir yillik mehnat stajini ham orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi


RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI RISHTONDA