“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida "Eng yaxshi rassom o'quvchi" tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi








“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida o'quvchi yoshlar o'rtasida turli tanlov va musobaqalar o'tkazilib, ishtirokchilar iqtidori mazkur tanlovlar orqali munosib rag'batlantirilmoqda. Zotan, ushbu loyiha ko'p yosh iste'dodlarni kashf etilishida ham aosiy omil bo'lib xizmat qilishi tabiiy hol.
Tuman hokimi sovrini uchun 33 ta umumiy o'rta ta'lim maktablari talabalari o'rtasida 30-sonli bollar musiqa va san'at maktabida tashkil etilgan "Eng yaxshi rassom o'quvchi" tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi. Hakamlarning nazorati va chuqur tahlili ostida o'tgan mazkur tanlovning g'oliblari aniqlandi.
Baho berish natijalariga ko'ra, 1-o'rin 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchisi Otashboyeva Gulsanam Parviz qiziga nasib etdi. 1-sonli o'rta ta'lim maktabi o'quvchisi Mirzoali Zavharaliyev ikkinchi va 4-sonli maktab o'quvchisi Nozimjon Mamurjonov uchinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'lishdi. G'oliblar 30-iyun - Yoshlar kuni tadbirida taqdirlanadi.
G'oliblarni tabriklaymiz!
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Риштонда “Уч авлод учрашуви” ташкил этилди

Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi


Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishtonda pilla yetishtirish rejasi 100 foizdan ortiq bajarildi

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi