Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
67
7
Sayt test rejimida ishlamoqda...

952025-06-15 21:41

Farg‘ona tumanida «Dolzarb 90 kun» doirasidagi konsert dasturi ko‘tarinki ruhda davom etmoqda

Bugun Farg‘ona tumanidagi Mehnatobod mahallasida joylashgan «Istiqlol» madaniyat markazi navbatdagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirga mezbonlik qilmoqda. «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida tashkil etilgan konsert dasturi tumandagi san‘at ixlosmandlari, yoshlar va keng jamoatchilik uchun haqiqiy bayramona muhitni yaratib berdi.

Tadbirda mashhur san‘atkorlar sahnaga chiqib, o‘zlarining dilbar kuy-qo‘shiqlari bilan tomoshabinlarga yorqin kayfiyat ulashdilar.

Konsert davomida nafaqat professional ijrochilar, balki bolalar va yoshlar tomonidan tayyorlangan raqs va sahna chiqishlari ham namoyish etildi. Milliy va zamonaviy ruhdagi musiqalar, rang-barang dasturlar barchaning qalbidan joy oldi.

Bu kabi tadbirlar jamiyatda sog‘lom ma‘naviy muhitni shakllantirish, yoshlar ongida milliy g‘urur va estetik didni tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, madaniyat va san‘atga bo‘lgan e‘tibor ortib borayotgan bir davrda bunday konsertlarning tashkil etilishi aholining madaniy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir Farg‘ona tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan tashkillashtirilib, mahalla aholisi tomonidan katta mamnuniyat va olqishlar bilan kutib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz