Xonqiz mahallasida «Dolzarb 90 kun» doirasida ko‘tarinki konsert dasturi tashkil etildi







Farg‘ona tumani Xonqiz mahalla fuqarolar yig‘inida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida navbatdagi madaniy-ma‘naviy tadbir – konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma‘naviy muhitni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni asrash hamda yurtdoshlarimizning madaniy hordiq chiqarishini ta‘minlashga qaratilgan edi.
Konsert dasturi Farg‘ona tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tashkillashtirildi. Tadbirda taniqli san‘atkorlar – Dilnozahonim Akromova, Abrorbek Rahmonov va Saydullo Hamzaev o‘zining go‘zal ijrolari bilan sahnaga chiqib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdilar.
Milliy kuy-qo‘shiqlar, o‘zbekona raqslar, jonli ijrodagi kompozisiyalar konsertga yig‘ilgan barcha mehmonlarga unutilmas taassurotlar qoldirdi. Tadbir davomida mahalla aholisi va yoshlari birgalikda quvonchli daqiqalarni boshdan kechirdilar.
Ushbu konsert «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan muhim madaniy tashabbuslarning yana bir yorqin namunasi sifatida e‘tirof etildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Риштонда “Уч авлод учрашуви” ташкил этилди

Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi


Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishtonda pilla yetishtirish rejasi 100 foizdan ortiq bajarildi

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi