Farg‘ona tumanida harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar o‘tkazildi







Farg‘ona tumanining Chimyon qishlog‘i hududida joylashgan “Tong” bolalar oromgohi hamda 53-sonli umumta‘lim maktabi qoshidagi “Kamalak” oromgohida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida mazmunli tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik mas‘uliyatini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlarda harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Vatan himoyachilari va navqiron avlod vakillari o‘rtasida samimiy muloqotlar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdi, hayotiy tajriba va saboqlardan bahramand bo‘lishdi.
Tadbirlar davomida harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan sarin va ruhlantiruvchi kuylar barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Musiqa ohanglari yoshlar qalbida faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Mazkur tashabbuslar yoshlarda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, sog‘lom va irodali avlodni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Риштонда “Уч авлод учрашуви” ташкил этилди

Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi


Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishtonda pilla yetishtirish rejasi 100 foizdan ortiq bajarildi

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi