Quvasoy shahrida dorixonalar faoliyati yuzasidan tahliliy yigʻilish boʻlib oʻtdi




Quvasoy shahar Davlat soliq inspeksiyasida shaharda faoliyat yuritayotgan dorixonalar rahbarlari va taʼsischilari ishtirokida muhim yigʻilish tashkil etildi.
Unda sogʻliqni saqlash tizimi, farmatsevtika sohasidagi qonuniylik va tartib-intizomni taʼminlash, dori vositalari realizatsiyasida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari muhokama qilindi.
Yigʻilishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Ulugʻbek Normirzayev, Quvasoy shahar boʻlimi boshligʻi Umidjon Qodirov, shahar hokimi oʻrinbosari Salimjon Nishankulov hamda soha vakillari va dorixona rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida quyidagi qonunbuzilish holatlari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi:
– Muvofiqlik sertifikatlarisiz, roʻyxatdan oʻtkazilmagan, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini saqlash va realizatsiya qilish;
– Markirovkalanishi majburiy boʻlgan dori vositalarini belgilangan tartibda markirovkalamasdan sotish;
– Farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan dori vositalarini realizatsiya qilish;
– Faoliyatni litsenziyada koʻrsatilgan manzildan boshqa hududda amalga oshirish;
– Chakana savdo jarayonida nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallaridan foydalanmaslik;
– Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz sotish;
– Davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlarga amal qilmaslik;
– Litsenziyasiz farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish.
Yigʻilish yakunida dorixona rahbarlari va taʼsischilariga qonuniy faoliyat yuritish, isteʼmolchilar huquqlarini hurmat qilish va sogʻliqni saqlash tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan har qanday noqonuniy holatlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qatʼiy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, qonun buzilishlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrilishi belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishtonda pilla yetishtirish rejasi 100 foizdan ortiq bajarildi

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi


RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI RISHTONDA