Rishton tumani hokimi Turkiya va Ruminiyadan kelgan tadbirkorlar delegatsiyasini qabul qildi

Bugun Rishton tumani hokimi Turkiya va Ruminiya davlatlaridan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda eksport va investitsiya masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Muzokaralar chog‘ida tumandagi investitsion muhit, sanoat va agro-sanoat sohasidagi salohiyat, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda mavjud sanoat zonalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, yer va infratuzilma resurslari borasida ham atroflicha ma’lumot berildi.
Mehmonlar Rishton tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlariga katta qiziqish bildirdilar. Uchrashuv yakunida birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Oqtomir mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi


Rishton tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi

Rishtonda pilla yetishtirish rejasi 100 foizdan ortiq bajarildi

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi