RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI RISHTONDA

Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Rishton tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari tumandagi qator tadbirkorlik va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab “To‘da” mahallasida joylashgan “Ko‘rkam chinnilar” oilaviy korxonasiga tashrif buyurilib, ishlab chiqarish jarayonlari, texnologiyalar va eksport salohiyati o‘rganildi.
Shuningdek, “Oq yer” mahallasida faoliyat yuritayotgan “TEXTILE FOR YOU” MChJda bo‘lishdi. 2,5 milliard so‘mlik loyiha doirasida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Ucharik mahallasida joylashgan “ASIA STAR-2020” MChJning qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi ham o‘rganildi. Mahalliy texnologiyalarga asoslangan ushbu loyiha qiymati 2 milliard so‘mni tashkil etadi.
Ishchi guruh, shuningdek, Ho‘jailg‘or mahallasida joylashgan kulol ustasi Alisher Nazirovning muzey-ustaxonasiga tashrif buyurib, Rishton kulolchilik san’atining noyob namunalari bilan tanishdi.
Tashrif doirasida “Markaz” mahallasida yangi qurilgan Huquq-tartibot maskani ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda fuqarolar bilan ochiq va samarali ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Safar yakunida ishchi guruh a’zolari “Xalqaro kulolchilik markazi” faoliyati bilan tanishib, Rishton kulolchiligining jahon miqyosidagi targ‘iboti borasida fikr almashdilar. Shuningdek, guruh rahbari mahalla yettiliklari bilan ham muloqot o‘tkazdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Rishtonlik ziyoratchilar haj safariga jo‘nab ketishdi

Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov o‘tkaziladi

Rishton tumanida yangi huquq-tartibot maskani ish boshladi