Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
145
25
Sayt test rejimida ishlamoqda...

3342025-06-17 19:47

Oftobru mahallasidagi 30-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida “STREET WORKOUT” sport maydonchasi quriladi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091455113646705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091455113647900.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091455113651485.jpg

Farg'ona viloyati sport boshqarmasi vakillaridan iborat ishchi guruh tumanimizda sohani rivojlantirishga doir o'rganishlar olib borishmoqda va ularning ma'lumotiga ko'ra, So'x tumanida sportni rivojlantirish va sohaga yoshlarni jalb etish uchun amaliy ishlar qilinishi rejalashtirilgan.

Yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, ko'cha sportini rivojlantirish maqsadida Oftobru mahallasida “STREET WORKOUT” tashkil etiladi. Bu xushxabar Oftobru mahalla ahli va ayniqsa, yoshlarini quvontirib, berilayotgan e'tibordan mahalla yoshlari xursandchiligining cheksizligi ularning samimiy minnatdorchiliklarida namoyon bo'lmoqda.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz