Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
145
25
Sayt test rejimida ishlamoqda...

322025-12-09 08:55

Rishtonlik o‘qituvchilarning Ozarbayjonga xizmat safari

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2109476739352250.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2109476739355835.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2109476739357030.jpg

Rishton tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Firdavs Ikromov boshchiligidagi tajribali mentor-o‘qituvchilar Ozarbayjonning Boku shahriga xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy pedagogik metodikalarni o‘rganish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘zaro do‘stlik va yaqin aloqalarning yana bir yorqin ifodasiga aylandi.

Xizmat safari davomida delegatsiya a’zolari Ozarbayjon ta’lim tizimida joriy etilgan ilg‘or va innovatsion metodikalar bilan yaqindan tanishib, ularni Rishton tumani ta’lim tizimida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashdilar. Shuningdek, bir hafta davomida mentorlik yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshiradilar.

Mazkur xalqaro tajriba almashinuvi Rishton tumani ta’limi rivoji yo‘lida muhim qadam bo‘lib, zamonaviy bilim berish yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz