Bugun tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov xitoylik bir guruh tadbirkorlarni qabul qildi







Bugun Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov tumanga tashrif buyurgan Xitoyning bir guruh ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, kichik sanoat zonalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Xitoylik tadbirkorlar Rishtondagi investitsion imkoniyatlar, mavjud infratuzilma va qulay biznes muhiti haqida ijobiy fikr bildirdilar.
Hokim Bahodirjon Xoliqov delegatsiya a’zolariga tumanda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar, berilayotgan imtiyozlar hamda qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar.
Uchrashuv yakunida bir qator yo‘nalishlarda aniq taklif va qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Hurmatli Rishton tumani fuqarolari!

Ўзбекистонда коррупцияга қарши кураш: ислоҳотлар, натижалар ва муҳим вазифалар





