Rishtonda birinchi bor: “Roshidon FM” onlayn radiostansiyasi ish boshladi

Ilgari xabar berganimizdek, Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati va “I HOUSE” yuqori texnologiyalar maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur hamkorlik o‘z natijasini bera boshladi.
Natijalardan yana biri — Rishton tumanida Respublikada birinchilardan bo‘lib “Roshidon FM” onlayn radiostansiyasi o‘z faoliyatini boshladi. Endilikda tinglovchilar radio orqali tuman hayotiga oid dolzarb ma’lumotlar, yangiliklar va turli dasturlardan xabardor bo‘lib borishlari mumkin.
Yana bir quvonarli jihati shundaki, ushbu radioda sun’iy intellektdan foydalanilgan holda yangiliklar tayyorlanadi. Bu axborot yetkazishda tezkorlik va aniqlikni oshirishga xizmat qiladi.
Bugun Rishton tumanida media sohasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar, shubhasiz, raqamli taraqqiyot yo‘lida muhim qadamdir.
Bizni kuzatishda davom eting!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Rishtonlik o‘qituvchilarning Ozarbayjonga xizmat safari

Davlat mulki ob’ektlarini ijaraga olish tartibi






