Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.





Tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi, Kengash raisi Bahodirjon Xoliqov boshchiligida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi 14-sessiyasi tashkil etildi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Bugungi sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi, jumladan:
1-masala: Rishton tumanida tashkilot rahbarlari faoliyati hamda tumanida murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risida.
2-masala: Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi Rishton tumani adliya bo‘limining tumanda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normalar va standartlarning ishlash holati to‘g‘risida.
3-masala: Tuman prokuraturasi tomonidan hududdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni barvaqt oldini olish, omillarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida joriy yil 3-chorak yakuni bo‘yicha.
4-masala: Tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025-yilning uchinchi choragi davomida Rishton tumanida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish hamda kamaytirish, ularning profilaktikasi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish, uni oldini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida.
5-masala: Rishton tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan 2025-yilning 9 oyi davomida soliq tushumlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
6-masala: Rishton tumanida 2025–2026-yillar kuz-qish davri uchun iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun limitni tasdiqlash to‘g‘risida.
7-masala: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Rishton tumani bo‘limi tomonidan 2025-yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
8-masala: Rishton tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish to‘g‘risida.
9-masala: Rishton tuman mahalliy byudjetining 2025-yil 3-chorak daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismi hisobidagi mablag‘lardan foydalanish hamda mahalliy byudjetning 9 oylik ijrosi to‘g‘risida.
10-masala: Rishton tumanida 2025-yil 3-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risida.
11-masala: Rishton tumanida yoshlar muammolarini hal qilish, ularning bandligini ta’minlash, mahallalardagi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
12-masala: “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
Boshqa masalalar:
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan muhokama etildi.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Mehnat faxriysi – umrini Vatanga bag‘ishlagan inson

Rishtonda “Xing Lu Zao 57” navi bilan barakali hosil






