HISOBOT-MUROJААTI

Rishton tumani hokimligi tomonidan 2025 yil davomida korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan
HISOBOT-MUROJААTI
Аssalomu alaykum hurmatli fuqarolar qadrli rishtonliklar!
Maʼlumki, korruptsiya jamiyat taraqqiyotiga toʼsqinlik qiluvchi eng xavfli illatlardan biri boʼlib, fuqarolarning davlat organlariga boʼlgan ishonchini susaytiradi, ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligiga putur yetkazadi.
Shu bois, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Qonun, Prezidentimizning farmon va qarorlari, shuningdek, Fargʼona viloyati hokimining tegishli topshiriqlari asosida Rishton tumanida ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan:
1. Tizimli nazorat va ochiqlikni taʼminlash yoʼnalishida.
Tuman hokimligi tizimidagi barcha tashkilot va muassasalarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tizimi” yoʼlga qoʼyilgan. Har bir boʼlim va korxonada masʼul xodimlar belgilangan boʼlib, ular faoliyati tuman hokimligi huzuridagi korruptsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat tuzilmasi tomonidan muntazam nazorat qilinmoqda.
Tumanning asosiy markaziy koʼchalariga, shuningdek, tibbiyot, taʼlim muassasalari hamda barcha korxona va tashkilotlar binolarining kirish qismiga korruptsiyaga yoʼl qoʼymaslik va uning salbiy oqibatlari aks etirilgan reklama bannerlari, oʼrnatildi.
Rishton tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimi tomonidan tumanni zamonaviy yechimlar orqali korruptsiya va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, aholi orasida korruptsiyaga qarshi murosasiz muhitni yaratish chora-tadbirlari boʼyicha kompleks dastur ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
Jumladan, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarini mehnat qonunchiligiga muvofiq rotattsiya qilish, lavozimga bilimi, salohiyati, tajribasi, salomatligi holatini inobatga olgan holda, ochiq tanlov asosida davlat xizmati va mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq munosib kadrlar bilan toʼldirish choralarini koʼrish ishlari amalga oshirildi.
Davlat xaridlari, subsidiya va ijtimoiy yordam jarayonlari ochiq elektron platformalar orqali amalga oshirilmoqda.
2. Profilaktika va tushuntirish ishlari.
Korruptsiyaning oldini olish maqsadida har oyda maktab, maktabgacha taʼlim tashkiloti, tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokida profilaktik yigʼilishlar oʼtkazilib, qonun talablarining ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, tuman hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari va viloyat hokimligi Korruptsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat shuʼbasi bilan hamkorligida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida “Halollik darslari” doirasida 10 dan ortiq seminar va davra suhbatlari oʼtkazildi.
Shuningdek, 2025 yilning oʼtgan 9 oyi davomida tumandagi taʼlim, sogʼliqni saqlash, mahalla tizimi va boshqa sohalarda 30 dan ortiq targʼibot tadbirlari, seminar va davra suhbatlari tashkil etildi. Xodimlar va fuqarolar oʼrtasida “Halollik vaktsinasi” mavzusida muntazam suhbatlar oʼtkazilib, fuqarolarning korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga eʼtibor qaratildi.
Ochiq muloqotlarda Korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusi doimiy muhokamada boʼldi.
Ommaviy axborot vositalari orqali 30 dan ortiq huquqiy targʼibot olib borildi. Shundan 2 marta televidenie, 4 marotaba radio, 5 marotaba gazeta va jurnallarda hamda tuman hokimligining rasmiy telegram kanalida 20 dan ortiq chiqishlar orqali targʼibot qilindi.
Tuman hokimligi rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda faol axborotlar berib borilishi natijasida aholining davlat organlariga nisbatan ishonchi ortmoqda.
3. Fuqarolik nazoratini kuchaytirish.
Tuman aholisi va fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni”, xalq qabulxonasi va onlayn murojaatlar tizimi faol ishlamoqda.
Shuningdek, hokimlikning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali anonim shikoyat va takliflar qabul qilish va Murojaat guruhi orqali bevosita murojaat yoʼllash mexanizmi yoʼlga qoʼyilgan.
Tuman hokimligiga joriy yilning oʼtgan 9 oyi davomida korruptsiya faktlari yuzasidan murojaatlar kelib tushmagan hamda shu maqsadda tashkil etilgan aloqa kanallarida ham onlayn murojaatlar qayd etilmagan.
Shuningdek, korruptsiya holatlari kuzatilmadi.
4. Kadrlar halolligini oshirish va xizmat intizomini mustahkamlash.
Tuman hokimligida korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi ishlab chiqilgan, barcha xodimlar tuman hokimligining korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha ichki idoraviy hujjatlari bilan muntazam tanishtirib borilmoqda.
Tuman hokimining oʼrinbosarlari va mutaxassisilari uchun ish reja, reglament, vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, mazkur hujjatlar bilan tanishtirilgan hamda ushbu xujjatlar asosida ishlar olib borilmoqda.
Tuman hokimligi boshqaruv apparatida barcha xodimlar manfaatlar toʼqnashuvi boʼyicha deklaratsiyalangan va tartibga solingan.
Tuman hokimligi apparati boshqaruv lavozimlari boʼyicha xavf-xatarlarni baholash amalga oshirilgan. Korruptsiyaviy xavf-xatarlarni baxolash yuzasidan apparat tashkiliy strukturaviy tuzilmasi belgilab olingan.
Tuman hokimligi tarkibidagi barcha boʼlimlar faoliyati muntazam ravishda ichki audit va nazoratdan oʼtkazilib, hisobdorlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida elektron hujjat aylanish tizimi joriy etilgan.
Tuman hokimligida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʼyicha barcha xodimlar mustaqil taʼlimda maxsus oʼquv seminar treninglarga jalb qilingan.
Kadrlarni tanlashda “ochiq tanlov” tamoyili joriy etilib, 2025-yilning oʼtgan davrida 16 ta lavozimga ochiq eʼlon orqali halol va malakali mutaxassislar qabul qilindi.
5. Korruptsiya holatlarining oldini olish natijalari.
2025-yilning 9 oyi davomida tuman boʼyicha korruptsiyaga oid holatlar sezilarli darajada kamaygan.
Vakolatli organlar tomonidan davlat tashkilotlarida ichki nazorat va audit tadbirlari oʼtkazilib, qator kamchiliklar bartaraf etildi. Аholidan tushgan murojaatlar soni kamaygan. Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali bugungi kunda ularni qiynab kelayotgan muammo va turli masalalarni mutasaddi rahbarlar ishtirokida qonun doirasida ijobiy hal qilish maqsadida tuman hokimi tomonidan har kuni Xalq qabulxonasida fuqarolar qabul oʼtkazilib kelinmoqda.
6. Kelgusidagi rejalar:
Tuman hokimligi tomonidan quyidagi yoʼnalishlarda ishlar davom ettiriladi:
• raqamlashtirishni yanada kengaytirish;
• davlat xizmatlarini soddalashtirish;
• halollik muhitini taʼminlovchi jamoatchilik nazoratini kuchaytirish;
• davlat xizmatchilarida masʼuliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish va xalqning davlat fuqarolik xizmatiga boʼlgan ishonchini oshirish, ijobiy fikrni shakllantirish hamda ushbu yoʼnalishda jamoatchilik bilan hamkorlik qilish;
• aholi va yoshlar oʼrtasida huquqiy madaniyatni oshirish.
Xulosa oʼrnida:
Rishton tuman hokimligi bu yoʼlda ochiqlik, halollik va qonuniylik tamoyillariga amal qilgan holda oʼz faoliyatini davom ettiradi.
Korruptsiyaga qarshi kurashish — faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning ham fuqarolik burchidir.
Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, “Korruptsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz boʼlmas ekan, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʼrnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz”.
Siz, aziz fuqarolarimizdan ham korruptsiyaviy holatlar yoki shubhali vaziyatlarga guvoh boʼlgan taqdiringizda, bu haqda bevosita tuman hokimligi ga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishingizni soʼraymiz.
Birgalikda halol va shaffof jamiyatni barpo etamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Mehnat faxriysi – umrini Vatanga bag‘ishlagan inson

Rishtonda “Xing Lu Zao 57” navi bilan barakali hosil






