Mehnat faxriysi – umrini Vatanga bag‘ishlagan inson




Yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida uzoq yillar samarali mehnat qilib, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan fidoyi insonlar hamisha davlatimiz tomonidan e’zozlanadi.
Shuning amaldagi ifodasi sifatida yurtimiz bo‘ylab turli sohalarda halol mehnati, yuksak mas’uliyat hissi va fidokorona xizmatlari bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shgan faxriylar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Shu munosabat bilan Rishton tumanidan ham bir guruh fidokor insonlar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldilar. Ular orasida Mo‘ydinjon ota Mamasoliev ham bor.
Mo‘ydinjon ota 1931 yilda tug‘ilgan, umrining katta qismini xalq xo‘jaligi va jamoat ishlariga bag‘ishlagan inson. Uning uzoq yillar davomida sidqidildan olib borgan xizmatlari, vatanparvarligi va xalq manfaati yo‘lidagi faoliyati yuksak baholanib, u kishi 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Piri badavlat otaxon bugun 7 nafar farzand, 27 nabira va 58 chevara o‘rtasida izzat-ikrom ko‘rib, keksalik gashtini surmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Rishtonda “Xing Lu Zao 57” navi bilan barakali hosil


📰 Rishton tumanida “Paxta sayli” bo‘lib o‘tdi
PREZIDENT FARMONI: DAVLAT ORGANLARIDA MAS'ULIYAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Rishton tumanida mahalla tizimi samaradorligiga bag‘ishlangan seminar