Rishtonda “Xing Lu Zao 57” navi bilan barakali hosil

Rishton tumani Yoshliq MMTT hududidagi “Yangiobod sari” fermer xo‘jaligida bu yil Xitoyda yaratilgan “Xing Lu Zao 57” navli chigitdan samarali foydalanildi.
Agrotexnika talablariga to‘liq rioya etilgani tufayli fermer xo‘jaligi a’zolari dalalarda mo‘l hosil yetishtirishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, har gektardan 50 sentnerdan ortiq paxta yig‘ib olish rejalashtirilgan.
Fermer xo‘jaligi rahbari Iqboljon Ismoilovning ta’kidlashicha, mazkur navning iqlim sharoitiga mosligi va uni parvarishlashdagi ilg‘or usullar hosildorlikni sezilarli darajada oshirgan.
— Oldingi yillarga nisbatan bu yil hosil miqdori ancha ko‘paydi. Shu bois paxtadan mo‘may daromad olishni rejalashtiryapmiz, — deydi fermer xo‘jaligi rahbari.
Hozirda fermer xo‘jaligida terim ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mehnatkash dehqonlar mos nav, ilg‘or agrotexnika va tinimsiz mehnat orqali yurt xazinasiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


📰 Rishton tumanida “Paxta sayli” bo‘lib o‘tdi
PREZIDENT FARMONI: DAVLAT ORGANLARIDA MAS'ULIYAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Rishton tumanida mahalla tizimi samaradorligiga bag‘ishlangan seminar

Asadxuja Mo‘ydinxujaev jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi