Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
108
24
Sayt test rejimida ishlamoqda...

242025-10-03 14:33

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar yangi xonadonlarga ega bo‘ldilar

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2102583422889745.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2102583422892135.jpg


Rishton tumanida uy-joyga muhtoj deb topilgan yetim hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar zamonaviy xonadonlar bilan ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi *“Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*gi PQ–5216-son qarori ijrosi doirasida Rishton tumani hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi tashabbusi bilan tumanning “Dahbed” mahallasida ikki nafar yosh — Bekzodbek Ro‘ziboyev va Fotima Abdullayevaga to‘liq jihozlangan, zamonaviy 1 xonali uy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

Marosimda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi bosh yurist-konsulti Mirzohid Mirahmedov, tuman hokimi o‘rinbosari Zarifjon Umarov, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, davlatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor “Inson qadri uchun” tamoyilining amaliy ifodasi ekanini ta’kidladilar.

Mas’ullar yangi uy egalari kelajakda Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishlariga ishonch bildirdilar.

O‘z navbatida, Bekzodbek Ro‘ziboyevning yaqinlari hamda uy-joyga ega bo‘lgan Fotima Abdullayeva Prezident Shavkat Mirziyoyevga va ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha mas’ul hamkorlarga samimiy minnatdorlik izhor etdilar.

Qayd etish joiz, yoshlarni ilk bor uy-joy bilan ta’minlash orqali ularning mustaqil hayotga qadam qo‘yishi va jamiyatga integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi — “Yoshlarga hamrohlik” xizmati yo‘lga qo‘yilgani ham ayni muddao bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz