Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
108
24
Sayt test rejimida ishlamoqda...

442025-09-24 17:02

📰 Rishton tumanida “Paxta sayli” bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2101664812404660.jpg

Rishton tumani " Sohibkor" mahallasida nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida o‘ziga xos bayramona tadbir — “Paxta sayli” tashkil etildi. Ushbu an’anaviy ko‘rinishdagi tashabbus nafaqat mehnat jarayoniga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi, balki nuroniylar uchun maroqli uchrashuv va hordiq lahzalarini ham tuhfa etdi.

Dala maydonida uyushtirilgan tadbirda nuroniylar paxta terimi jarayonida faol ishtirok etishdi. Ular yoshlik xotiralarini eslab, dalada mehnat qilishning totli lahzalaridan bahramand bo‘lishdi.

Tadbirni yanada fayzli qilish maqsadida tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Milliy qo‘shiqlar, dilbar ashulalar va kuylar barchaga bayramona ruh bag‘ishlab, saylga o‘zgacha shukuh kiritdi.

Shu bilan birga, otaxon va onaxonlar bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurib, el-yurt taraqqiyoti, qadriyatlarimiz va bugungi kundagi ezgu o‘zgarishlar haqida fikr almashishdi.

Mazkur tadbir mahalliy aholiga iliqlik va birdamlik kayfiyatini ulashdi. “Paxta sayli” Rishton tumanida nuroniylarga bo‘lgan hurmat va e’tibor ifodasi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz