PREZIDENT FARMONI: DAVLAT ORGANLARIDA MAS'ULIYAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH
Barchamizga ma'lum “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-117-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari, belgilab berildi. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy bo‘linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo‘ysunuviga o‘tkazildi. Tashkilotlarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy bo‘linmalarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, ijro intizomiga rioya qilinishi ustidan tizimli kunlik nazorat va monitoringni amalga oshirish, ijro intizomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha birinchi rahbarga takliflar kiritish, har hafta juma kuni kelgusi haftada va har oyning 25-sanasiga qadar kelgusi oyda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar to‘g‘risida birinchi rahbarni xabardor qilish, ijro intizomida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatish, xodimlar uchun tizimli ravishda o‘quv seminarlar hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish ko’rsatib o’tildi.
Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul tarkibiy bo‘linmalar xodimlariga funsional majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi Qonunchilik hujjatlari va topshiriklar ijrosini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida 2025-yil 1-oktabrdan boshlab, ijro intizomi to‘g‘risidagi tegishli maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, Adliya vazirligining veb-sahifalariga joylashtirib, har oyda maʼlumotlarni yangilab borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganlishi har chorakda davlat organlari va tashkilotlarning rahbarlari qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosi holati bo‘yicha keng jamoatchilikka hisobot berishi tartibi joriy qilindi;
Hukumatning 2025-yil 1-oktabrdan Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etishni “ijro.gov.uz” tizimi orqali amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullanganligi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarga muvofiq ishlab chiqilishi belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilganidan so‘ng ularni qabul qilgunga qadar bo‘lgan bosqichlar qo‘shimcha ravishda “ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinishi, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va (yoki) tasdiqlash to‘g‘risidagi topshiriqlar ushbu hujjatlar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng nazoratdan chiqarilishi joriy qilindi.
Mazkur farmon ijrosini Rishton tumani hokimligida xam sifatli ta'minlash maqsadida 2025 yil 1 avgust kungi 223-11-158-Q/25 sonli qarori qabul qilinib tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda majlis bayonlarida, Vazirlar Mahkamasining qaror va yig‘ilish bayonlarida berilgan topshiriqlarning ijro muddatidan kechiktirmasdan, to‘liq va sifatli bajarilishini taʼminlash boʻyicha aniq aniq vazifalar belgilab berildi.
Bajarilmaslik ehtimoli bo‘lgan topshiriqlarning sabablarini (har bir topshiriq bo‘yicha) chuqur o‘rganib, tahlil qilib, to‘liq bajarilish, Bunda, har hafta yakuni bilan juma kuni tuman hokimining o‘rinbosari huzurida kotibiyat mutaxassislari hamda kompleks tarkibiga kiruvchi tegishli korxona va tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirokida topshiriqlarni ijro holatini tanqidiy tahlil qilib borish, ijro intizomiga rioya qilinishi ustidan tizimli kunlik nazorat va monitoringni amalga oshirish, ijro intizomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy jazo qo‘llash bo‘yicha birinchi rahbarga takliflar kiritish, har hafta juma kuni kelgusi haftada va har oyning 25-sanasiga qadar kelgusi oyda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar to‘g‘risida birinchi rahbarni xabardor qilish vazifalari yuklandi.
Hulosa qilib aytganimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 iyuldagi “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-117-sonli farmoni mamlakatimizda davlat boshqaruvini takomillashtirish, islohotlarning samaradorligini oshirish va fuqarolar manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan muhim huquqiy-siyosiy hujjat sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur farmonning qabul qilinishi davlat organlari va tashkilotlaridagi ijro intizomini mustahkamlash, rahbar xodimlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash, shuningdek, nazorat va tahlil mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
Shu tariqa, PF-117-sonli farmon davlat boshqaruvidagi mas'uliyat, hisobdorlik va shaffoflikni ta'minlash, islohotlarning amaldagi natijadorligini oshirish hamda fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Mazkur farmonning toʻliq va samarali ijrosini ta'minlash barcha darajadagi davlat organlari va mansabdor shaxslardan yuqori darajadagi mas'uliyat, tashabbuskorlik va faollikni talab etadi. Bu esa, oʻz navbatida, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidagi islohotlarning izchil va barqaror rivojlanishini kafolatlaydi.
Tuman hokimligi Ijro intizomi
nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Ismoilov
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Rishtonda “Xing Lu Zao 57” navi bilan barakali hosil


📰 Rishton tumanida “Paxta sayli” bo‘lib o‘tdi

Rishton tumanida mahalla tizimi samaradorligiga bag‘ishlangan seminar

Asadxuja Mo‘ydinxujaev jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi