Rishton tumanida mahalla tizimi samaradorligiga bag‘ishlangan seminar

Rishton tumanida mahalla tizimi faoliyatini takomillashtirish va mahalla raislarining boshqaruv salohiyatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mutasaddi tashkilotlar va tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.
Seminarda mahallaning asosiy tayanch bo‘g‘ini hisoblangan “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, ularning davlat organlari, jamoat tashkilotlari va xalq deputatlari kengashlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishsiz aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahlillar taqdim etildi.
Seminarda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish mexanizmlari, “Raqamli mahalla” platformasi hamda “Edo.ijro.uz” tizimini amaliyotga samarali joriy etish masalalari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Asadxuja Mo‘ydinxujaev jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi
SUDLАR FАOLIYАTIGА SUNIY INTELLEKT TEXNOLOGIYАLАRI JORIY ETILАDI.

