Asadxuja Mo‘ydinxujaev jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi

Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Musobaqaning yettinchi kuni ham yurtimiz vakili, tumandoshimiz Asadxuja Mo‘ydinxujaev uchun omadli keldi.
-65 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Olimpiada va Jahon chempioni Asadxuja Mo‘ydinxujaev musobaqadagi ikkinchi jangini Finlyandiya vakili Ismoil Umarga qarshi o‘tkazdi. Bellashuv keskin va qiziqarli tarzda kechdi.
Hakamlаr yakdil qaroriga ko‘ra, hamyurtimiz 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi va musobaqaning chorak finaliga yo‘llanma oldi.
Endi Asadxuja Mo‘ydinxujaev navbatdagi bellashuvini qozoqistonlik Ertugan Zeynulinovga qarshi o‘tkazadi. Chorak final jangi ertaga bo‘lib o‘tadi.
O‘zbek boks maktabining munosib davomchisi hisoblangan Asadxuja har bir jangda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Sport mutaxassislari uning bu chempionatda ham yuqori natijalarga erishishiga katta ishonch bildirmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Rishtonda “Xing Lu Zao 57” navi bilan barakali hosil


📰 Rishton tumanida “Paxta sayli” bo‘lib o‘tdi
PREZIDENT FARMONI: DAVLAT ORGANLARIDA MAS'ULIYAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Rishton tumanida mahalla tizimi samaradorligiga bag‘ishlangan seminar