SUDLАR FАOLIYАTIGА SUNIY INTELLEKT TEXNOLOGIYАLАRI JORIY ETILАDI.
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va odil sudlovni samarali taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda, shu bilan sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish choralari koʼrilmoqda va bu borada koʼplab qonun hujjatlari qabul qilinib, sud-huquq sohasini xalqaro standartlar va ilgʼor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda isloh qilishga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada olib borilayotgan islohotlar va koʼrilayotgan chora-tadbirlarning davomi oʼlaroq kuni kecha, aniqrogʼi joriy yilning 21 avgust kuni Davlatimiz rahbarining sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish, odil sudlovga erishish darajasini oshirish va bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish borasidagi yana ikkita muhim hujjati – “Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-140-sonli va “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-141-sonli Farmonlari qabul qilindi. Xususan, “Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmonga toʼxtaladigan boʼlsak, Farmonning qabul qilinishidan maqsad sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, sudlarning moddiy-texnik taʼminotini yaxshilashdan iboratdir.
FАRMONNING MOHIYaTI VА АHАMIYaTI. FАRMON BILАN: Sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, sudlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishning kelgusi yillardagi ustuvor maqsadlari etib quyidagilar belgilandi: sud ishlarini yuritishda qogʼoz shaklidan voz kechish maqsadida “Raqamli sud” kontseptsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich toʼliq elektron shaklga oʼtkazish; fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga koʼrsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini oshirib borish, sud hujjatlaridan nusxa olish, sud ishlari bilan tanishish, arizaning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligini aniqlash, sunʼiy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish, shuningdek, sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarning elektron reestrini yuritish; sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratish, shuningdek, ushbu yoʼnalishdagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʼyicha choralar koʼrish; Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; sudlar faoliyatini raqamlashtirish boʼyicha “Kiber huquq” yoʼnalishida ilmiy tadqiqotlar oʼtkazish, shuningdek, sudьyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borish; iqtisodiy sudlar tuzilmasini optimallashtirish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yagona sud amaliyotini shakllantirish; “Raqamli sud” kontseptsiyasi asosida bosqichma-bosqich sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sudьyalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, sudьyalar va sud xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. FАRMONGА KOʼRА: Fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlariga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini koʼrishni soddalashtirish maqsadida quyidagilar belgilandi, xususan “Raqamli sud” kontseptsiyasini amalga oshirish doirasida: sudga ariza berishdan oldin sunʼiy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi; murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmaydi va sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etadi; taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi; sud xarajatlari elektron shaklda hisoblanadi va toʼlanadi, shuningdek, ijro varaqalari avtomatik ravishda ijroga yuboriladi; sud ishlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda toʼliq elektron tarzda yuritiladi; sunʼiy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanadi; sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi. 2025 yil yakuniga qadar, tajriba tariqasida Toshkent shahrida “Raqamli sud” kontseptsiyasi asosida iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy nizolarni koʼrishga moʼljallangan sud majlisi zallari tashkil etiladi. Shuningdek, FАRMON BILАN sud sohasini raqamlashtirishning istiqboldagi rejalari belgilanib, 2025 - 2027 yillarga moʼljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi tasdiqlandi va Dasturda: 2025 yil 1 dekabrdan boshlab fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudьyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushirish; 2025 yil yakuniga qadar sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini yaratish; 2026 yil 1 yanvardan boshlab “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam koʼrsatish modulini joriy etish, bunda sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratish, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud maʼlumotlarini avtomatik yetkazish; 2026 yil 1 martdan boshlab fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʼgʼrisidagi ishlar boʼyicha dastlabki sud maʼlumotlarini fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish; 2026 yil yakuniga qadar fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmatlarni yoʼlga qoʼyish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay boʼlgan yangi versiyasini ishlab chiqish nazarda tutuldi.
FАRMONGА АSOSАN Oliy sud, Sudьyalar oliy kengashi va Savdo-sanoat palatasining 2026 yil 1 yanvardan boshlab iqtisodiy sudlar tizimida iqtisodiy sudlarni maqbullashtirish orqali tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarini tugatish hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo iqtisodiy sudlar faoliyatini yoʼlga qoʼyish boʼyicha tashkiliy-tuzilmaviy oʼzgarishlarni amalga oshirish toʼgʼrisidagi takliflari maʼqullandi.
Qolaversa, FАRMON BILАN 2025 - 2030 yillarda sud binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʼyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bunda yangi sud binolarini qurishda va mavjudlarini mukammal taʼmirlashda “Raqamli sud” kontseptsiyasi asosida sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sudьyalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi.
Shu bilan birga FАRMONDА 2025 - 2030 yillarda sud sohasini raqamlashtirish hamda sud binolarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish boʼyicha respublika va hududiy ishchi komissiyalar tashkil etilishi nazarda tutilib, Respublika ishchi komissiyasiga mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlar va topshiriqlar bajarilishini taʼminlash boʼyicha tegishli vazifalar yuklatildi.
MOʼMINJON UMАROV,
Fargʼona viloyat sudining sudyasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar