Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
101
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

292025-09-03 16:40

Rishton tumanida davlat xizmatchilari samaradorligi va shaffoflik masalalari muhokama qilindi

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2099495090908480.jpg

Rishton tumani hokimligida muhim masalalarga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 avgustdagi PF-129-sonli Farmoni ijrosi, korrupsiyaga qarshi kurashish choratadbirlari, odob-axloq qoidalariga rioya etish hamda ijro intizomi masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov, tuman hokimi Bahodirjon Holiqov, tuman hokimligi hodimlari, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari X.Ahmedov davlat organlari va tashkilotlarida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, xodimlar faoliyatida mas’uliyatni kuchaytirish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, davlat xizmatchilari ma’naviy qiyofasi va odob-axloq madaniyatini yuksaltirish muhim vazifa sifatida qayd etildi.

Shu bilan birga, viloyat hokimligi korrupsiya sho‘basi mudiri X.To‘ychiev xodimlarning korrupsiya holatlariga qarshi qat’iy pozitsiyasi, manfaatlar to‘qnashuvi hamda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish berdi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul rahbarlarga korrupsiyaga qarshi kurashishda tizimli yondashuvni kuchaytirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va amaliy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz