Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
101
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

312025-09-03 12:22

Tumanimizda joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2099476592517605.jpg


Rishton tumanida joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasi mas’ullari, sektor rahbarlari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari vakillari, mutasaddi tashkilotlar, fermerlar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

**"Kosto Line Holding"**ga qarashli paxta qabul qilish maskanida bo‘lib o‘tgan seminarda tuman hokimi Bahodir Xoliqov paxta terimi oldidan g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalash ishlarini amalga oshirish, mavsumda terimchi va hasharchilarga yetarli sharoit yaratish, ularga kunlik issiq ovqat tashkil etish, terim pulini har besh kunda tarqatish, imkoniyatdan kelib chiqib kunlik pul to‘lanishini yo‘lga qo‘yish, mavsumda munosib ishtirok etgan terimchilarni klasterlar tomonidan qo‘shimcha rag‘batlantirish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘im-terim mavsumi oldidan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi. Ehson dasturxoni yozilib, yurtga tinchlik, hosilga baraka tilab duo qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yil Rishton tumanidagi 230 ta fermer xo‘jaligining 5 ming 350 gektar maydonida paxta hosili yetishtirildi. Mavsum davomida fermer xo‘jaliklari tomonidan 23 ming 450 tonna oq oltin terib olish rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz