Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
101
13
Sayt test rejimida ishlamoqda...

292025-09-02 16:56

Yuqori Avazboy mahallasida quvonchli yangilik — yangi maktab foydalanishga topshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2099392929855385.jpg

Rishton tumanida xalqimiz uchun quvonchli va ezgu tadbirlar davom etmoqda. Ana shunday xayrli ishlardan biri sifatida “Yuqori Avazboy” mahallasi hududida 330 o‘ringa mo‘ljallangan yangi umumiy o‘rta ta’lim maktabi barpo etildi.

Mazkur ta’lim muassasasi – 66-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qurilish ishlarini "Mirzo Saodat" MChJ sifatli va qisqa muddatlarda amalga oshirdi. Binoda barcha zamonaviy talablarga javob beruvchi sinf xonalari, fan laboratoriyalari, kutubxona, sport zali va oshxona tashkil etilgan. Yangi o‘quv yili arafasida foydalanishga topshirilgan maktab yosh avlodning bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla faollari, ustoz-muallimlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir avvalida maktabning ochilishi munosabati bilan ramziy lenta qirqildi. Shundan so‘ng mehmonlar yangi binoni ko‘zdan kechirib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Marosimda so‘zga chiqqan tuman hokimi ta’lim sohasini rivojlantirish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidladi va bugungi kabi yangi maktablar yosh avlodning bilimli, zamonaviy fikrlaydigan hamda yurtga sodiq farzand bo‘lib yetishishida muhim qadam bo‘lishini qayd etdi.

O‘quvchilar va ularning ota-onalari ham yangi ta’lim maskanidan mamnun ekanliklarini izhor etdilar. Ular uchun bu maktab nafaqat zamonaviy ta’lim dargohi, balki bolalarning istiqboliga qaratilgan katta sovg‘a sifatida qabul qilinmoqda.

Tantana so‘nggida o‘quvchilar tomonidan qo‘shiq va she’rlar ijro etildi, ularning yurtga mehr, Vatanga sadoqat ruhidagi chiqishlari tadbirga tantanavor kayfiyat bag‘ishladi.

Yuqori Avazboy mahallasida barpo etilgan mazkur maktab ta’lim sohasidagi yana bir ulkan yutuq sifatida tarixga kirib qolishi shubhasiz.

Ushbu maktabni qurishi uchun 13 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz