Rishtonda yangi xizmat ko‘rsatish obyektlari – Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa

Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida har kuni yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Mustaqillik bayrami arafasida yangidan foydalanishga topshirilayotgan obyektlar aholi uchun chinakam bayramona tuhfa bo‘lmoqda.
Shu ma’noda, Rishton tumani Navbahor mahallasida ham qator yangi xizmat ko‘rsatish nuqtalari aholi ixtiyoriga taqdim etildi. Jumladan, “Ayollar sog‘lomlashtirish markazi”, “Education” o‘quv markazi, “Ayollar go‘zallik saloni” va “Avtomobil yuvish shaxobchasi”ning ochilish marosimi keng jamoatchilik ishtirokida o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov ishtirok etib, yangi obyektlar mahallada turmush darajasini oshirish, aholiga qulaylik yaratish va yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Aholi vakillari esa ushbu inshootlarning foydalanishga topshirilishi Mustaqilligimizning 34 yilligiga munosib tuhfa bo‘lganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Hurmatli Rishton tumani fuqarolari!

Ўзбекистонда коррупцияга қарши кураш: ислоҳотлар, натижалар ва муҳим вазифалар





