Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
81
11
Sayt test rejimida ishlamoqda...

52025-08-12 15:16

Muhsinxo‘ja Abdurahmonov — Yaponiya va Fiji orasidagi diplomatik ko‘prik

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2097217615231015.jpg

Farzandlaring bilan faxrlan, Rishton!


Diplomatiya — bu faqat rasmiy muzokaralar va hujjatlar emas, balki xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, madaniy yaqinlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash san’ati hamdir. Muhsinxo‘ja Tursunxo‘jayevich Abdurahmonov ana shu san’atni hayotining asosiy yo‘nalishiga aylantirgan inson.

Bolalik va ilk orzular
1974 yili Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan Muhsinxo‘ja yoshligidan bilimga chanqoq va chet tillariga qiziqqan. Bu qiziqish uni keng dunyoqarashli insonga aylantirib, kelgusidagi yo‘lini belgilab berdi.

Ta’lim yo‘li — qit’alar orasida
1991–1996 yillarda Toshkent Iqtisodiyot Universitetida tahsil olgan yosh talaba o‘qish davomida AQShdagi Kaliforniya Davlat Universiteti (Chico kampusi)da stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu tajriba uning xalqaro munosabatlar haqidagi tasavvurini yanada kengaytirdi. Keyinchalik Yaponiyaga yo‘l olgan Muhsinxo‘ja Otaru Kommeriya Universitetida magistraturani, Hokkaydo Universitetida esa doktoranturani tamomladi.

Tadbirkorlikdan diplomatiyaga
Uning mehnat faoliyati turli sohalarni qamrab oldi: Coca-Cola Uzbekistan LLCdagi boshqaruv ishlari, Yaponiyaning MTRUST Co. Ltd kompaniyasidagi yirik biznes tajribasi, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari sifatidagi rahbarlik lavozimi. Bu yo‘l unga tashqi iqtisodiy aloqalar va xalqaro hamkorlikda noyob ko‘nikmalar berdi.

Elchi sifatidagi missiya
2021 yil iyul oyida elchi etib tayinlangan Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiyada O‘zbekiston manfaatlarini munosib himoya qilib kelmoqda. Uning tashabbuslari ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasini oshirish, sarmoyalar jalb etish va madaniy almashinuvlarni kuchaytirishga qaratilgan. Elchi nafaqat rasmiy muzokaralarda, balki madaniy tadbirlarda ham faol qatnashib, yapon jamiyatida O‘zbekiston obrazini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Til — ko‘prik qurish vositasi
Rus, tojik, ingliz, yapon va arab tillarini mukammal biladigan Muhsinxo‘ja har bir uchrashuvda muloqotni samimiy muhitda olib borishga intiladi. Bu esa diplomatiyadagi eng muhim jihatlardan biridir.

Yana bir tarixiy lahza — Fijidan birinchi elchi sifatida
Yaqinda Muhsinxo‘ja Abdurahmonov yana bir tarixiy vazifani qabul qildi: u O‘zbekistonning Fiji davlatidagi birinchi elchisi sifatida faoliyat boshladi. 2025-yil 7-avgust kuni u Fiji Prezidenti Ratu Naykama Lalabalavu tomonidan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Ushbu lavozim Muhsinxo‘ja Abdurahmonovning diplomatiya sohasidagi boy tajribasi, muloqot qobiliyati va strategik qarashlarini yanada yorqin namoyon etmoqda. U nafaqat Yaponiyada, balki Okeaniya mintaqasida ham O‘zbekistonning nufuzini oshirish yo‘lida faol ishlamoqda.

Muhsinxo‘ja Abdurahmonov bugun O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik ko‘prigida xizmat qilayotgan, ikki millatni yaqinlashtirayotgan elchi sifatida tanilgan.

Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz