Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
81
10
Sayt test rejimida ishlamoqda...

172025-08-08 14:52

Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqovning Xitoy safari taassurotlari

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2096802837267665.jpg

Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan xizmat safari samarali uchrashuvlar va mazmunli muzokaralar bilan yodda qoldi. Safar davomida tuman rahbariyati hamda mahalliy tadbirkorlar Xitoyning qator shaharlaridagi yirik sanoat, savdo va hunarmandchilik korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

— Xitoyga tashrifimizdan asosiy maqsad — hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, sanoat va hunarmandchilik sohalaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ularni Rishtonda amaliyotga joriy etish edi. Safar davomida olib borilgan uchrashuvlar va muzokaralar biz uchun juda katta taassurot qoldirdi, — dedi hokim.

Delegatsiya a’zolari Chaozhou shahridagi chinni mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “PITO” kompaniyasi, shuningdek, Guanchjou va Foshan shaharlaridagi sanoat klasterlari, kosmetika, toza mahsulotlar va qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalarda bo‘lishdi.

— Ayniqsa, chinnichilik sohasidagi yuqori texnologiyalar va mehnatni tashkil etish madaniyati e’tiborimizni tortdi. Rishton chinnisi o‘z o‘rniga ega, ammo zamon talablariga mos ravishda uni yanada takomillashtirishimiz zarur. Shu bois, “PITO” korxonasi bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish liniyalarini yo‘lga qo‘yish, loy va sir (frit) tarkibini yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishdik. Yaqin kunlarda ularning mutaxassislari Rishtonga tashrif buyurib, amaliy ishlar boshlanadi, — dedi Xoliqov.

Safar chog‘ida tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi, Xitoy bozoriga eksport imkoniyatlari va investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

— Xitoydagi barcha hamkorlarimizda O‘zbekiston, xususan, Farg‘ona viloyati va Rishtonga bo‘lgan qiziqish yuqori. Bu bizni quvontiradi. Safar davomida olib borilgan ishlar shubhasiz o‘z samarasini beradi, — dedi tuman hokimi.

Ushbu tashrif Rishton tumanida ishlab chiqarish, eksport va hunarmandchilik salohiyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni jalb etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Umumiy qiymati 12 million AQSh dollariga teng kelishuvlarga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz