Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
81
10
Sayt test rejimida ishlamoqda...

222025-08-07 11:18

Rishton tumani delegatsiyasi Xitoyda: ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2096684289387500.jpg



Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – hududlararo investitsion va savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirishdan iborat.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Xitoyning Foshan shahrida bo‘lib, u yerda mahalliy Tadbirkorlar palatasi rahbariyati hamda 20 dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda asosiy e’tibor chinni, keramika, mebel, trikotaj va yuqori texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish sohalaridagi hamkorlik masalalariga qaratildi.

Ma’lumot uchun, Foshan shahri Xitoyda chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi markazlardan biri bo‘lib, mamlakatdagi umumiy hajmning 20 foizini, elektrotexnika sohasida esa 10 foizini ta’minlaydi.

Tashrif davomida “Moderna” MChJ kabi yuqori texnologiyali kafel ishlab chiqaruvchi kompaniyalar hamda qurilish materiallari sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar bilan ham samarali uchrashuvlar o‘tkazildi. Ushbu kompaniyalar Rishton tumanida yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini joriy etish bo‘yicha hamkorlikka qiziqish bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz