Fuqarolarning mehnat daftarchasi ma’lumotlarini raqamlashtirish va proaktiv pensiya tayinlash tizimi joriy etilmoqda





🔷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga muvofiq, joriy yilda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi belgilandi.
🔹 Mazkur farmonga asosan, hokim yordamchilari har bir mahalladagi “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda fuqarolarning mehnat daftarchasi ma’lumotlarini raqamlashtirish ishlarini tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari orqali tashkil etadilar.
🔹 Shu bilan birga, yoshga doir pensiyalarni fuqarolarning murojaatini talab qilmagan holda, proaktiv shaklda tayinlash maqsadida, har bir fuqaroning mehnat daftarchasi ma’lumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” — IDAK platformasiga kiritish belgilandi.
📌 Ushbu islohotlar natijasida:
• fuqarolarning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlari yagona tizimda jamlanadi;
• pensiya tayinlash jarayoni soddalashtiriladi;
• byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Voxim MFYda ikki ko‘chani bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda

Rishton tumani hokimi g‘o‘za parvarishi jarayonlari bilan tanishdi

Турсunxo‘ja Abdurahmonov BMT Bosh qarorgohida bo‘ldi


RISHTONDA TURKIYALIK TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Rishton tumani hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi