Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
71
10
Sayt test rejimida ishlamoqda...

32025-07-04 14:26

RISHTONDA TURKIYALIK TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Bugun Rishton tumaniga Turkiyaning nufuzli kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida “ARAGON” korxonasi mutaxassisi Ali Babaeker, “Biofidan” o‘simliklar hujayralari firmasi agronomi Erdogan Sanjar, shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi hamkor E. Moldobaev hamda Farg‘ona viloyatidagi hamkor Rahmonali Sabirov ishtirok etdi.

Tashrif doirasida mehmonlarni tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov va investitsiya bo‘limi xodimlari qabul qilishdi. Suhbat chog‘ida Turkiyada qo‘llanilayotgan biotexnologik usullarda o‘simlik yetishtirish, urug‘chilik, ko‘chatchilik va gulchilik sohalaridagi ilg‘or tajriba haqida fikr almashildi.

Mehmonlar Rishton tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiyaviy loyihalar bilan o‘rtoqlashishdi. Tuman rahbari tomonidan ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi hamda maxsus sanoat zonasida faoliyat yuritish uchun yer ajratish va qulay sharoitlar yaratish borasida takliflar bildirildi.

Uchrashuv Rishtonda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy agrobiznes texnologiyalarini joriy etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz