Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdagi 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.








Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashining navbatdagi 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiyani xalq deputatlari tuman Kengashining raisi Sh.Tojixakimov ochdi va olib bordi.
Sessiya boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimi Sh.Tojixakimovning hisoboti tinglandi.
Tuman prokuraturasi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025 yilning 6 oyi davomida jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori A.Boboxonov hamda tuman IIB boshlig‘i Y.Abdurasulovning xisobotlari eshitildi.
Sessiya davomida tuman moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Latipov Kozimjon Xakimjonovichning 2025-yil 6 oylikda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti eshitildi.
Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Hurmatli Rishton tumani fuqarolari!

Ўзбекистонда коррупцияга қарши кураш: ислоҳотлар, натижалар ва муҳим вазифалар





