Farg‘ona shahrida aholining muammolarini hal etish bo‘yicha navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.








Prezident topshirig‘iga muvofiq, aholining dolzarb muammolarini joyida hal etish maqsadida Farg‘ona shahar hokimi boshchiligida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Bu galgi qabul "Istiqlol", "Lolazor", "A.Qodiriy", "Oʻzbekiston" va "Bobur" mahalla fuqarolar yig’ini hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Unda ichimlik suvi, uy-joy, moddiy yordam, elektr ta’minoti, ekinlarni sug’orish, aliment va ish bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha jami 30 ga yaqin murojaat tinglandi.
Murojaatlarning bir qismi shu joyning o‘zida hal etilib, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Qabul yakunida shahar hokimi murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganib chiqdi va ularning yechimi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Sayyor qabullar aholining muammolarini tezkor va samarali hal etishning amaliy shakliga aylanmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Voxim MFYda ikki ko‘chani bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda

Rishton tumani hokimi g‘o‘za parvarishi jarayonlari bilan tanishdi

Турсunxo‘ja Abdurahmonov BMT Bosh qarorgohida bo‘ldi


RISHTONDA TURKIYALIK TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Rishton tumani hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi