Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
71
10
Sayt test rejimida ishlamoqda...

272025-07-04 19:15

O‘zbekiston tumanida “Mening bog‘cham” loyihasi doirasida qariyb 7,5 mlrd so‘mlik 270 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi boshlandi

O‘zbekiston tumani “Do‘stlik” mahallasidagi 38-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rekonstruksiya qilinib, o‘rnida 270 o‘rinli yangi zamonaviy bog‘cha qurilishiga start berildi.

Bugun muassasaning yangi binosiga ilk g‘isht qo‘yish marosimida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, mahalla ahli, jamoatchilik vakillari va quruvchi-mutaxassislar ishtirok etdi.

Ayni maktabgacha ta’lim tashkilotining avvalgi bino-inshooatlari 1979 yilda 110 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan bo‘lib, o‘tgan vaqt mobaynida ko‘zga ko‘rinarli ta’mirlash ishlari olib borilmagan edi. “Mening bog‘cham” dasturida muassasa infratuzilmasini yaxshilashga oid ilgari surilgan taklif mamlakatimiz bo‘yicha eng ko‘p  32 702 ta ovoz to‘plab, loyiha g‘olibligiga erishdi.

Jamoatchilik tashabbusi natijasida endilikda bu yerda loyihaga ko‘ra 270 o‘rinli, 3 qavatli barcha zamonaviy sharoitlarga ega bo‘lgan yangi maskan qad rostlaydi.

Loyiha qiymati 7 mlrd 420 mln so‘mni tashkil etuvchi bunyodkorlik ishlari "Iftixor ta’mir servis" MCHJ quruvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu muassasa reja bo‘yicha joriy yilning 1 oktyabr kuniga qadar qurib bitkazilishi belgilangan.

Tuman rahbari qurilish ishlarining dastlabki jarayonlari bilan tanishib, belgilangan ishlarni sifatli va o‘z muddatidan kechiktirmay bajarish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalar berdi.

Nuroniylar yaxshi niyat va ezgu maqsad yo‘lidagi mazkur tashabbus barchaga xayrli bo‘lishini yana bir bor tilab, yurtimizga tinchlik va obodlik, xalqimizga farovonlik so‘rab duoi fotihalar qildilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz