Quvasoy shahrida “Davlat xavfsizligi xizmati kubogi” uchun futbol musobaqalari yuqori saviyada oʻtkazildi








⚽️Quvasoy shahrida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” uchun futbol va mini futbol boʻyicha sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu musobaqalar yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, ular orasida sportga boʻlgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli futbolchilarni aniqlash maqsadida oʻtkazildi.
✅Musobaqalarda shaharning barcha mahallalaridan tuzilgan yoshlar jamoalari faol ishtirok etib, doʻstona, lekin shiddatli kurashlar guvohi boʻlindi. Yakuniy natijalarga koʻra, gʻolib jamoalar aniqlanib, munosib taqdirlandi.
⚽️Musobaqaning eng muhim bahsi “Sementchi” o‘yingohida boʻlib oʻtdi. Futbol yoʻnalishi boʻyicha hal qiluvchi final uchrashuvi “Yangiobod” va “Nayman” mahallalari yoshlari oʻrtasida kechdi. Qizgʻin va murosasiz oʻyinda “Yangiobod” MFY jamoasi raqiblarini 2:0 hisobida magʻlub etib, shaharning chempioni boʻldi. Shu bilan birga, ushbu jamoa viloyat bosqichiga yoʻllanmani ham qoʻlga kiritdi.
🟢Musobaqa davomida sportga boʻlgan yuksak e’tibor, yoshlarning yuksak kayfiyati va faolligi alohida e’tirofga loyiq boʻldi. Tadbir yakunida gʻolib va faol ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari hamda diplomlar topshirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi


RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI RISHTONDA

Rishtonlik ziyoratchilar haj safariga jo‘nab ketishdi

Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov o‘tkaziladi

Rishton tumanida yangi huquq-tartibot maskani ish boshladi