Rishton tumani hokimi mahalliy tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Bugun Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov Birlashgan va Ucharik mahallalarida bo‘lib, ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida hokim mahalliy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan ish o‘rinlari hamda tadbirkorlarning kelgusi rejalarini ko‘zdan kechirdi.
Bahodirjon Xoliqov tadbirkorlar bilan suhbatda ularning muammo va takliflarini eshitdi. Shuningdek, mahalliy hokimiyat tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi ta’kidlandi.
Tashrif yakunida iqtisodiy faollikni oshirish, aholi bandligini ta’minlash va investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Rishton tumanida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi boshlandi


RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI RISHTONDA

Rishtonlik ziyoratchilar haj safariga jo‘nab ketishdi

Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga saylov o‘tkaziladi

Rishton tumanida yangi huquq-tartibot maskani ish boshladi