Rishton tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Batken shahridagi festivalda qatnashdi

Bugun qoʼshni Qirgʼiziston Respublikasining Batken shahrida ««Өrүk gүlү»» xalqaro festivali boʼlib oʼtdi. Ushbu festivalda Rishton va Soʼx tumanlari hokimi boshchiligidagi delegatsiya vakillari ham ishtirok etishdi.
Madaniyat arboblari bayram kontsertini tashkil etishgan. Unda xonandalar, raqqoslar va milliy asboblarda musiqa ijro etuvchi ijodkorlar ishtirok qatnashishdi.
Shuningdek, xalq hunarmandlari tomonidan yaratilgan buyumlar koʼrgazmasi ham tashkil etildi. Yarmarkada gullar, idishlar, taomlar, kiyim-kechak va mahalliy aholi tomonidan sotilayotgan mahsulotlar namoyish etildi va savdo juda faol kechdi.
Tadbir doirasida mehmonlarni Batken tumani hududida joylashgan Muz-Bulak qoʼriqxonasiga olib borish, u yerda Аygүl gulining gullashi bilan tanishish imkoniyatga ega boʼlishdi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

SAYYOR QABUL: DAVLAT IDORALARI XALQ BILAN BIRGA NAFAS OLISHI KERAK



IJODGА SАDOQАT — HАYoTGА SАDOQАT