"Insonparvarlik namunasi": Yolgʻiz keksalarga e'tibor va gʻamxoʻrlik

Rishton tumanida yolgʻiz keksalar va ehtiyojmand fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoitini yaratish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan samarali tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Jumladan, tumanning Birlashgan mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi, yakka yolgʻiz, yoshga doir pensiya oluvchi fuqaro Ahmedova Oyinsa xonimning xonadonida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tashabbus doirasida uy hovlisi obodonlashtirish, daraxtlarga ishlov berish va oqlash, hovli devorlarini ranglash kabi amaliy ishlar tashkil etildi. Bu orqali fuqaroning yashash sharoiti yanada yaxshilanishiga erishildi.
Ushbu sa'y-harakatlar nafaqat moddiy koʻmak, balki ma'naviy qoʻllab-quvvatlash, e'tibor va mehr targʻiboti ham hisoblanadi. Oyinsa xola mazkur tashabbus uchun minnatdorchilik bildirib, bunday gʻamxoʻrlikni insonparvarlik namunasi sifatida baholadi.
"Inson" ijtimoiy xodimlarining ushbu ezgu faoliyati kelgusida ham davom ettirilib, jamiyatda muhtoj va yolgʻiz insonlarga nisbatan mehr-shafqat muhitini yanada mustahkamlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Rishton tumanida yangi huquq-tartibot maskani ish boshladi



Rishton tumani hokimi mahalliy tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Mahalla raisi saylovi: fuqarolar eng munosib nomzod uchun ovoz berishdi

VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI