Rishton tumanida “Loyihalar yarmarkasi” oʼtkazildi

Rishtonda tuman hokimligi, “Аgrobank” aktsiyadorlik tijorat banki tashabbusi bilan “Loyihalar yarmarkasi” oʼtkazildi.
Yarmarkada tijorat banklari masʼullari, hokim yordamchilari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etdi.
2024 yilning 16 dekabrida Prezidentimiz rahbarligida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambagʼallikni qisqartirish, bu borada tijorat banklarining rolini oshirish boʼyicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etilgan yarmarkada aholini tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yarmarka davomida “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “Gʼijduvon” tajribalari asosida ishlab chiqilgan ellikdan ortiq biznes-rejalar taqdim etildi.
Shuningdek, yarmarkada tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, mavjud imtiyozlar va qoʼllanilayotgan yangiliklar boʼyicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Rishton tumani hokimligi Аxborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Mehnat faxriysi – umrini Vatanga bag‘ishlagan inson

Rishtonda “Xing Lu Zao 57” navi bilan barakali hosil


📰 Rishton tumanida “Paxta sayli” bo‘lib o‘tdi
PREZIDENT FARMONI: DAVLAT ORGANLARIDA MAS'ULIYAT VA SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Rishton tumanida mahalla tizimi samaradorligiga bag‘ishlangan seminar