MAHALLA KUTUBXONASI TASHKIL ETILDI





Qo‘shtepa tumanidagi “Quvurboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida Davlat xususiy sherikchilik asosida mahalliy tadbirkor tomonidan 2,0 mlrd so‘m mablag‘ sarflanib yangi mahalla binosi barpo etildi. Ushbu yangi qurilgan mahalla binosida aholi uchun qulay sharoitlarga ega yangi kutubxona o‘z faoliyatini boshladi.
Kutubxonada milliy va jahon adabiyoti durdonalaridan tashqari ilmiy, tarixiy, siyosiy hamda badiiy adabiyotlardan iborat 5 mingdan ortiq kitoblar mavjud.
Kutubxonaga birinchilardan bo‘lib Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sh.Polvonov a’zo bo‘ldi va birinchi kitobini o‘qish uchun oldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Rishton tumanida yangi huquq-tartibot maskani ish boshladi



Rishton tumani hokimi mahalliy tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi

Mahalla raisi saylovi: fuqarolar eng munosib nomzod uchun ovoz berishdi

VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI