VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Rishton tumani “Xalqaro kulolchilik markazi”da Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsud Mamaxonov, Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov, shuningdek, viloyat va tuman hokimliklari bo‘limlari, boshqarma va tashkilotlar, davlat va tijorat banklari rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Sakkiz soatdan ortiq davom etgan qabulda viloyatning shahar va tumanlaridan viloyat hokimining shaxsiy qabuli uchun murojaat qilgan 500 nafarga yaqin fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi muammolari har tomonlama ko‘rib chiqildi.
Jumladan, uy-joy, bandlik, moddiy yordam, yashash sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklash, tibbiy xizmatlar, xorijda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazishga ko‘maklashish, bank krediti ajratish, kredit to‘lovlarida ko‘maklashish, subsidiyalar ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, gaz, elektr, suv ta’minoti kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Qabul davomida murojaatlarning ko‘pchiligi o‘z yechimini topgan bo‘lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga qo‘shimcha o‘rganish topshiriqlari berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoni bo‘lmagan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga oid masalalar esa soha rahbarlari tomonidan nazoratga olindi.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Farg‘onada «Inson uchun» shiori ostida inklyuziv marafon bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona tumanida qurilish sanoatiga innovasion yondashuv