“Ma‘rifatli ayol – ibratli hayot yo‘li”: Farg‘ona tumanida ma‘naviy suhbat bo‘lib o‘tdi







Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Ma‘rifatli ayol – ibratli hayot yo‘li” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Suhbat mehmoni sifatida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona tuman bo‘limi rahbari Saidaxon Otajonova ishtirok etdi.
Saidaxon Otajonova suhbat davomida ko‘p yillardan buyon Vatan ravnaqi, jamiyat taraqqiyoti va yosh avlod tarbiyasi yo‘lida jonbozlik bilan faoliyat yuritib kelayotgani, bu yo‘lda doimo kitob va ma‘rifatga suyanib ishlash tamoyiliga amal qilib kelayotganini ta‘kidladi. Uning hayotiy tajribasi, yuritayotgan faoliyati va ayol sifatida jamiyatdagi o‘rni suhbat ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Suhbat yakunida ishtirokchilar Saidaxon opa bilan savol-javob tarzida erkin muloqot olib bordilar. Tadbir o‘zaro fikr almashish, ma‘naviy ruhni mustahkamlash va ayollarning jamiyatdagi faol ishtirokini targ‘ib qilishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

SAYYOR QABUL: DAVLAT IDORALARI XALQ BILAN BIRGA NAFAS OLISHI KERAK




IJODGА SАDOQАT — HАYoTGА SАDOQАT