“Kitob tafakkur – xazinasi”: Farg‘ona tumanida yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi









“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida navbatdagi ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir — “Kitob tafakkur – xazinasi” shiori ostida kitob taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlarga “Vavilonlik eng boy odam”, “Dunyo daholari” hamda “Jadidlar” nomli kitob to‘plamlari keng tanishtirildi. Ushbu asarlar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy va zamonaviy bilimlarni boyitishga xizmat qiluvchi muhim adabiyotlar sifatida alohida e‘tirof etildi.
Taqdimot davomida kutubxonachilar tomonidan har bir kitobning mazmun-mohiyati, dolzarbligi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida batafsil ma‘lumotlar berildi. Shu bilan birga, kitoblar yuzasidan slayd namoyishlari orqali kitobxonlarga vizual tarzda yanada boyroq tasavvur yaratildi.
Tadbir ishtirokchilari, ayniqsa, yosh kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi va kitoblar asosida savol-javoblar ham uyushtirildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

SAYYOR QABUL: DAVLAT IDORALARI XALQ BILAN BIRGA NAFAS OLISHI KERAK




IJODGА SАDOQАT — HАYoTGА SАDOQАT