Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
35
5
Sayt test rejimida ishlamoqda...

772025-04-24 20:08

Farg‘ona tumanida qurilish sanoatiga innovasion yondashuv

Farg‘ona tumani hokimi o‘rinbosari Akbarjon Axrorov boshchiligidagi delegasiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida qator istiqbolli hamkorlik aloqalariga erishilmoqda. Xususan, tashrif davomida Xitoyning Urumchi shahrida joylashgan «ASIAE Cuanon Technology CO., Ltd» kompaniyasi bilan muhim kelishuv imzolandi.

Ushbu hamkorlik kelishuvi tashqi fasad va bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish, jumladan, yong‘inga chidamli, issiqlik izolyasiyasiga ega bo‘lgan polistrol panellar ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan ushbu mahsulotlar Farg‘ona tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli xonadonlar uchun innovasion va xavfsiz echim bo‘lishi kutilmoqda.

Mazkur loyiha mahalliy qurilish sohasida zamonaviy va ekologik xavfsiz materiallardan foydalanish, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy salohiyatni oshirishga xizmat qiladi.

Tomonlar kelgusida texnologik almashinuv, tajriba o‘rganish va qo‘shma ishlab chiqarishni kengaytirishga kelishib oldilar. Bu esa Farg‘ona tumanining sanoat infratuzilmasini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz