Farg‘ona shahrida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi







Farg‘ona shahar hokimi ishtirokida tadbirkorlar bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Ushbu jarayonda tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabul davomida kadastr, yer, elektr va kredit ajratish masalalarida 20 ga yaqin murojaat ro‘yxatga olinib, ularning ayrimlari shu joyning o‘zida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, natijasi bo‘yicha murojaatchilarga ma’lum qilinadigan bo‘ldi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay biznes muhiti yaratish va fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida shahar rahbariyati mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda har bir murojaatga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, tadbir doirasida biznesni boshlash istagidagi fuqarolarga huquqiy maslahatlar, kredit olish shartlari va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI

SAYYOR QABUL: DAVLAT IDORALARI XALQ BILAN BIRGA NAFAS OLISHI KERAK




IJODGА SАDOQАT — HАYoTGА SАDOQАT