SHUKRONALIK VA MEHR-MURUVVAT BAYRAMI

×

 2023-03-30 06:39:03    201

PDF yuklash
Chop etish


Ramazon – nafaqat ibodat, Allohning ajru savoblariga erishish, balki xayru saxovat, insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini mustahkamlovchi muborak oydir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi kunlarida yurtimiz mahallalarida kam ta’minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand fuqarolar, nuroniylar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Bu kabi xayr-saxovat tadbirlari Rishton tumani mahallalarida ham tashkil etilmoqda.
Xususan bugun "Shinam"  to‘yxonasida 4-sektor hududidagi "Zarariq”, “Xo‘ja Ilg‘or” hamda “Minor” mahallasida yashovchi 300 nafardan ziyod kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan, shuningdek, “Temir daftari”dagi fuqarolar uchun tuman hokimligi va  “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan iftorlik dasturxoni yozildi.
To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan nuroniy otaxonu onaxonlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga qut-baraka, shunday ehsonlarga bosh-qosh bo‘lib turgan barcha rahbarlar ishlariga rivoj tilab, duo qilishdi.  
Iftorlik tadbirida tuman hokimi hamda sektor rahbarlari qatnashdilar.
Bu kabi iftorliklar tamandagi har bir mahallalarda davom etadi.


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab